24-iyun kuni Toshkentda sanksiyalarni tartibga solish va strategik savdo nazorati masalalariga bag‘ishlangan xalqaro mahorat darsi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir davomida ishtirokchilar xalqaro sanksiyalar, eksport nazorati talablari, shuningdek, tashqi bozorlarda ishlashda risklarni aniqlash va boshqarish vositalari bo‘yicha amaliy ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.

Tashkilotchi — AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi. Trening ingliz tilida o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan birga olib boriladi. Yakunda qatnashganlarga sertifikatlar topshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish 22-iyun, soat 16:00 ga qadar ochiq. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 92 122 45 67.