25-iyul kuni IT Park Uzbekistan O‘zbekiston bozoriga kirishdan manfaatdor bo‘lgan xalqaro kompaniyalar uchun vorkshop o‘tkazadi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni, operatsion faoliyatni yo‘lga qo‘yish va One Stop Shop xizmati imkoniyatlari bilan tanishadilar. Shuningdek, mamlakatda biznes yuritish uchun davlat imtiyozlari, soliq preferensiyalari, huquqiy jihatlar va talablar ko‘rib chiqiladi.

Operatsion xarajatlar, xodimlarni yollash, ofis infratuzilmasi hamda O‘zbekistonda biznes yuritish tannarxiga ta’sir qiluvchi boshqa omillarga alohida e’tibor qaratiladi.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.