24-iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi marketpleyslar bilan ishlayotgan yoki onlayn platformalar orqali savdo qilishni endigina rejalashtirayotgan tadbirkorlar uchun ochiq muloqot o‘tkazadi.
Tadbirda Wildberries, Ozon, Alibaba, Yandex Market, Uzum Market va boshqa kompaniyalar vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etadi.
Ishtirokchilar marketpleyslarda savdo qilish, mahsulotlarni joylashtirish, onlayn sotuvlarni rivojlantirish va raqamli maydonlar orqali eksport qilish imkoniyatlarini muhokama qiladilar. Shuningdek, tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni platformalar vakillariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berishlari mumkin.
Ishtirok etish uchun quyidagi telefon raqam yoki Telegram orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak: +998 93 069 04 25.