2−3-iyul kunlari Savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya Gruziyaga amaliy tashrif bilan boradi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston-Gruziya biznes-forumi hamda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, safar bilan bog‘liq barcha xarajatlar ishtirokchilar tomonidan mustaqil ravishda qoplanadi.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: +998 78 150 60 06 (107)