29-iyundan 2-iyulgacha Jizzax viloyatida National AI Hackathon’ning navbatdagi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar sog‘liqni saqlash, ta’lim, tadbirkorlik va giyohvand moddalarning onlayn tarqalishiga qarshi kurashish sohalari uchun yechimlar ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, “Eng yaxshi veb-sayt”, “Eng yaxshi dasturiy yechim” va “Eng yaxshi mobil ilova” kabi maxsus nominatsiyalar ham ko‘zda tutilgan. Bu yo‘nalishlar g‘oliblari alohida taqdirlanadi.
Ishtirok etish uchun pasport yoki ID-kartaga ega 16 yoshdan katta yoshlar taklif etiladi. Har bir ishtirokchi yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tishi shart.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.