13-avgust kuni YARD Business Club’da tadbirkor va biznes-murabbiy Saidmurod Davlatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Spiker 27 ta kompaniyani birlashtirgan UDI Group xoldingi egasi, “Chumoli falsafasi” kitoblar turkumi muallifi hamda “SAMO” rivojlanish markazi asoschisidir. U biznesdagi 27 yildan ortiq faoliyati davomida kompaniyalarni boshqarish va tadbirkorlik loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha katta tajriba to‘plagan.

Uchrashuv mavzusi — “Inqirozni yangi imkoniyatga qanday aylantirish mumkin?”.

Ishtirokchilar beqarorlik sharoitida qaror qabul qilish, bozor o‘zgarishlariga moslashish hamda biznesning mavqeyini mustahkamlash uchun inqirozli vaziyatlardan foydalanish masalalarini muhokama qiladi.