27-iyun kuni ALPHA biznes markazida “Ta'limdan biznes natijasiga: T&D'ni CEO qadrlaydigan funksiyaga qanday aylantirish mumkin?” mavzusida ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tadi.
Spiker — Ipoteka Bank OTP Group’ning xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish yo‘nalishi rahbari Shahzoda Bendik.
Ishtirokchilar korporativ ta’lim biznesning qanday vazifalarini hal qila olishi, uning samaradorligini qanday baholash kerakligi va nima uchun xodimlarni rivojlantirish dasturlari har doim ham kutilgan natijani beravermasligini muhokama qiladilar. Shuningdek, o‘qitish bo‘yicha jamoalarning tipik xatolari hamda bank sohasidan amaliy keyslar ko‘rib chiqiladi.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.