2-iyul kuni ALPHA makonida biznes uchun sun’iy intellekt asosidagi yordamchilarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tadi.

Spiker — TBC Uzbekistan’da sun’iy intellekt asosidagi yechimlar savdosi yo‘nalishi rahbari, telekommunikatsiya va moliya-texnologiya sohalarida 15 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan ovozli yordamchilar va chat-botlarni joriy etish bo‘yicha ekspert Timur Yodgorov.

Ishtirokchilar o‘zlarining sun’iy intellekt asosidagi yordamchisini qanday ishlab chiqishni, uni biznesdagi vazifalarni hal qilish va savdo samaradorligini oshirish uchun qanday qo‘llashni o‘rganadilar.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.