4-iyul kuni Toshkentda Aziz Zokirxo‘jayev bilan kompaniyani boshqarishning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilar tarqoq biznes-jarayonlar tufayli qanday yashirin yo‘qotishlar yuzaga kelishini, yagona boshqaruv tizimi ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilishga qanday yordam berishini hamda kompaniya faoliyatini tahlil qilish uchun sun’iy intellekt qay tarzda qo‘llanilishini bilib oladilar.

Shuningdek, spiker OX System platformasini joriy etish bo‘yicha amaliy keyslarni taqdim etadi va uning yordamida kompaniyalar qanday natijalarga erishgani haqida so‘zlab beradi.

Ishtirok etish narxi — 500 ming so‘m. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.