3-iyul kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko‘magida UEnter markazida Business Mentoring Forum bo‘lib o‘tadi.
Dasturdan O‘zbekistondagi MicroMentor platformasi faoliyati natijalarining taqdimoti, raqamli texnologiyalar davrida mentorlik kelajagiga bag‘ishlangan munozara, mentorlik madaniyatini rivojlantirishda ayollarning o‘rni haqidagi sessiya, shuningdek, tadbirkor va mentorlarni taqdirlash marosimi o‘rin olgan.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.