28-iyun kuni Toshkentda “Turan OS” kompaniyasi rahbari, buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish va moliyaviy konsalting bo‘yicha ekspert Shahzod Saydahmatov ishtirokida biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv mavzusi — “Soliq va buxgalteriya 2026: nimalar o‘zgardi va biznesni yangi talablarga qanday tayyorlash kerak?”.
Ishtirokchilar soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar, biznes uchun yangi talablar va xatarlar, buxgalteriya hisobida ko‘p uchraydigan xatolar, shuningdek, moliyani boshqarish va hisobot yuritishning samarali yondashuvlarini muhokama qiladi.
Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.