1-iyul kuni IT Park’da O‘zbekiston startap hamjamiyati uchun muhim tadbirlardan biri Powering the Startup Ecosystem bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilarga Prezident tashabbuslari doirasida amalga oshirilayotgan yangi dasturlar, ularda ishtirok etish shartlari, saralash bosqichlari hamda texnologik loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlari haqida so‘zlab beriladi. Shuningdek, dasturdan o‘tgan mavsumlar g‘oliblari bilan ochiq suhbat, startap asoschilari, investorlar, sun’iy intellekt sohasi mutaxassislari va texnologiya ekotizimi vakillari bilan ishbilarmonlik muloqoti o‘rin olgan.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.