5-iyul kuni Toshkentda Courtyard by Marriott Tashkent va DoubleTree by Hilton Tashkent mehmonxonalari klasterining boshqaruvchi direktori Aleksandr Bakanov bilan biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv mavzusi — “Mahsulot sifatidagi mehmonxona: joylashuv, konsepsiya, brendlar, ishga tushirish va servis”.

Ishtirokchilar mehmonxona loyihasi uchun mos konsepsiya va joyni qanday tanlash, xalqaro brendlar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish, mehmonxonani ishga tushirishni tashkil etish hamda yuqori darajadagi servis hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishni o‘rganadilar.

Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.