8-iyul kuni Toshkentda IT Alliance Business Club’ning kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan beshinchi biznes-nonushtasi bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv mavzusi — “Cisco Secure: Security Made Simple”. Ishtirokchilar ma’lumotlar, foydalanuvchilar, ilovalar va bulutli infratuzilmani himoya qilishning zamonaviy vositalari haqida bilib oladi, Cisco yechimlari bilan tanishadi hamda ularning biznesda qo‘llanilishiga doir amaliy misollarni ko‘rib chiqadi.

Spiker sifatida Abris Distribution CA kompaniyasining sotuvoldi qo‘llab-quvvatlash muhandisi Pyotr Miniaxmetov so‘zga chiqadi. Muhokamada, shuningdek, Cisco‘ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nargiza Qo‘shaqova ham ishtirok etadi.

Tadbir tor doirada bo‘lib o‘tadi, joylar soni cheklangan. Ishtirok etish oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan pullik.