9-iyul kuni Toshkentda moliyaviy texnologiyalarni yaratishda sun’iy intellektning amaliy qo‘llanilishiga bag‘ishlangan AI in FinTech Meetup tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar ma’lumotlar bilan ishlash, ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda murakkab texnik vazifalarni hal etish uchun aqlli yordamchilar yaratishda sun’iy intellektdan qanday foydalanilishini bilib oladi.
Spikerlar sifatida Salmon kompaniyasining ma’lumotlar platformasi rahbari Lukut Struchkov va Uzum FinTech katta dasturchisi Sergey Chamkin o‘z jamoalarida sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha amaliy keyslar bilan o‘rtoqlashadi.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.