14-iyul kuni C-Space Yunusobodda Stanbase va Anorbank hamkorligida Fuckup Talks’ning maxsus soni bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilar kutilgan natijani bermagan loyihalar, murakkab boshqaruv qarorlari va kompaniya uchun muhim tajribaga aylangan xatolar haqidagi real voqealarni tinglaydi.

Dasturdan amaliy keyslar tahlili, ochiq munozara, ishtirokchilar savollariga javoblar hamda startap asoschilari, investorlar va IT-kompaniyalar rahbarlari bilan biznes-muloqot o‘rin olgan.

Ishtirok etish bepul. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.