O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarni joriy yil 11−14-iyul kunlari Afg‘oniston va Pokistonga uyushtiriladigan biznes-delegatsiya tarkibida ishtirok etishga taklif qiladi.

Tashrif doirasida mahalliy kompaniyalar, importchilar va biznes hamjamiyati vakillari bilan ishbilarmonlik uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar o‘z mahsulot va xizmatlarini taqdim etish, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish hamda yangi eksport aloqalarini o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: +998 97 721 77 25.