11-iyul kuni Toshkentda seriyali tadbirkor va venchur investor Akmal Payziyev bilan biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv mavzusi — Internet-kafedan Kremniy vodiysigacha: o‘zbekistonlik tadbirkor hikoyasi. Spiker texnologik kompaniyalarni yaratish, startaplarni rivojlantirish, xalqaro bozorga chiqish va yuqori texnologiyalar sohasida biznes qurish tajribasi bilan bo‘lishadi.
Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan pullik.