14-iyul kuni Toshkentda zargarlik sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan O‘zbekiston-Hindiston biznes-muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallar, brilliantlar va boshqa qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish hamda sotish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar ishtirok etadi.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: +998 55 501 03 11, +998 99 630 54 24.