17-sentyabr kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida Cbonds kompaniyasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” nomli VIII xalqaro anjuman o‘tkaziladi.
Anjumanda davlat organlari vakillari, emitentlar, investorlar, banklar, investitsiya kompaniyalari, xalqaro moliya tashkilotlari va bozorning boshqa ishtirokchilari jam bo‘ladi. Asosiy e’tibor tartibga solishdagi o‘zgarishlar, qarz bozorini rivojlantirish, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, sekuritizatsiya, islom moliyasi, aktivlarni tokenizatsiya qilish va raqamli moliyaviy vositalarga qaratiladi.
Ma’ruzachilar orasida Cbonds asoschisi Sergey Lyalin, Cbonds’ning Rossiya, MDH va Xitoy bo‘yicha qarz bozorlari bo‘limi rahbari Aleksandr Budarin, ALKES boshqaruvchi direktori Odil Musayev, Markaziy Osiyo Fintex assotsiatsiyasi raisi Otabek Nosirov hamda TBC Bank boshqaruvchi direktori Otar Sharikadze bor.
O‘zbekiston rezidentlari uchun ishtirok etish narxi — 2 mln 900 ming so‘m. 17-avgustgacha ro‘yxatdan o‘tganda imtiyozli narx — 2 mln 465 ming so‘m amal qiladi.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.