21−23-avgust kunlari School 21'da IT Park Uzbekistan, School 21 va East Games hamkorligida 35 LVL Game Jam tanlovi tashkil etiladi.

Uch kun davomida ishtirokchilar g‘oyani ishlab chiqishdan tortib, tayyor prototip yaratishgacha bo‘lgan bosqichlarda o‘z o‘yinlari ustida ishlaydi. Game Jam mavzulari tadbir boshlanadigan kuniyoq ma’lum qilinadi.

Musobaqaga ikki formatda qo‘shilish mumkin: Toshkentdagi School 21'da oflayn yoki O‘zbekistonning istalgan hududidan onlayn tarzda. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish kerak.