19-avgust kuni IT Alliance Business Club “Korporativ SI himoyasi: Prisma AIRS bilan xavfsiz joriy etish va kengaytirish” mavzusida biznes-nonushta o‘tkazadi.

Spiker sifatida Palo Alto Networks vakili Viktor Spesivsev so‘zga chiqadi. U korporativ va agentli sun’iy intellektni joriy etishdagi asosiy xavflar, shuningdek, SI-yechimlar xavfsizligini ta’minlashga doir amaliy yondashuvlar haqida gapirib beradi.

Ishtirokchilar AI Red Teaming yordamida zaifliklarni aniqlash, mahalliy va bulutli infratuzilmada sun’iy intellektni himoyalash, tahdidlarni aniqlash va bartaraf etishni avtomatlashtirish, shuningdek, korporativ SI-yechimlarni xavfsiz joriy etish va kengaytirishni o‘rganadilar. Prisma AIRS platformasining imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratiladi.

Ma’ruzadan so‘ng savol-javoblar sessiyasi, ochiq munozara va biznes-netvorking bo‘lib o‘tadi. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.

Qo‘shimcha ma’lumotni +998 92 045 41 45 telefon raqami yoki svetlana.polvanova@italliance.uz elektron pochtasi orqali olishingiz mumkin.