15−18-avgust kunlari Qarshi shahrida Umummilliy AI Hackathon’ning navbatdagi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, ta’lim hamda tadbirkorlik asosiy yo‘nalishlar etib belgilandi. Qo‘shimcha yo‘nalishlar tashkilotchilar tomonidan keyinroq e’lon qilinadi. Shuningdek, eng qiziqarli taqdimot va dolzarb ijtimoiy loyiha uchun maxsus nominatsiyalar ham ko‘zda tutilgan.
Hackathon’da Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 16 yoshdan oshgan hamda pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar ishtirok etishi mumkin. Har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tishi shart. Milliy AI Hackathon’ning boshqa hududiy bosqichlarida qatnashgan nomzodlar Qarshidagi bosqichda ishtirok eta olmaydi.
Hackathon 15−18-avgust kunlari Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi. Arizalar 13-avgustgacha qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.