13-avgust kuni Xorazm viloyatida startaplar uchun investitsiya sessiyasi bo‘lib o‘tadi. U venchur moliyalashtirishni jalb etish hamda loyihalarni investorlar bilan ishlashga tayyorlashga bag‘ishlanadi.
Startup Pitching doirasida 12 ta istiqbolli startap o‘z loyihalarini bevosita venchur jamg‘armalari vakillariga namoyish etadi.
Shuningdek, startap va venchur bozori vakillari ishtirokida amaliy mahorat darslari tashkil etiladi. Unda mutaxassislar investorlar loyihalarni baholashda nimalarga e’tibor qaratishi, asoschilar moliyalashtirishni jalb etishda qanday xatolarga yo‘l qo‘yishi va mahsulotni investitsiyaga qanday tayyorlash kerakligi haqida so‘z yuritadi.
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish kerak.