13-avgust kuni IT Park Uzbekistan Qirg‘iziston bozoriga kirishdan manfaatdor bo‘lgan rezidentlar uchun amaliy seminar o‘tkazadi.

Qirg‘iziston bozorida allaqachon faoliyat yuritayotgan ekspertlar va kompaniyalar vakillari mamlakat bozoriga kirishdagi ilk qadamlar haqida so‘zlab, o‘z amaliy tajribalari bilan bo‘lishadi.

Ishtirokchilar Qirg‘iziston bozoriga kirish strategiyasini, biznes yuritishdagi asosiy to‘siqlar va tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini muhokama qiladi. Shuningdek, ushbu bozorga kira olgan kompaniyalarning amaliy yo‘l xaritasi va keyslari taqdim etiladi. Tadbir so‘ngida savol-javoblar sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Qo‘shimcha ma’lumotni +998 90 822 26 69 telefoni orqali olish mumkin.