13-avgust kuni Toshkentda EurAsia Gulf xalqaro biznes platformasi tomonidan tashkil etilgan Yevroosiyo payshanbasi nomli ishbilarmonlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston, BAA va Fors ko‘rfazining boshqa mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-sarmoyaviy munosabatlarni rivojlantirishga bag‘ishlanadi.
Ishtirokchilar kompaniyalarning BAA bozoriga kirish imkoniyatlari, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, investitsiyalarni jalb etish va xalqaro rivojlanish strategiyalarini muhokama qiladi. Logistika, infratuzilma, ishlab chiqarish, texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energetika, turizm, ko‘chmas mulk va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik istiqbollariga alohida e’tibor qaratiladi.
Spikerlar sifatida Begim LLC prezidenti Gulchehra-Begim Mahmudova, G LUX SOLUTIONS LLC asoschisi Denis Pshenichniy, O‘zbekiston Zargarlik sanoati uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Nodir Mirahmedov, EurAsia Gulf ijrochi direktori Navvar Abdul Vahed va EurAsia Gulf Uzbekistan bosh direktori o‘rinbosari Sherzod Ota-Mirzayev so‘zga chiqadi.
Dasturda, shuningdek, savol-javob sessiyasi va ishbilarmonlik netvorkingi ham ko‘zda tutilgan. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.