22-avgust kuni Toshkentda o‘sib borayotgan kompaniyalar egalaro va rahbarlari uchun “Vakolat berish mumkin bo‘lmagan qarorlar” nomli yopiq biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda besh nafar ekspert so‘zga chiqadi:
- Hikmat Abdurahmonov — tadbirkor, TEAM University hammuassisi va bosh direktori, HM Partners hamasoschisi;
- Gavhar Muhiddinova — Pharmline bosh direktori;
- Jonibek Ortiq — Octobank AJning korporativ ta’lim va xodimlarni rivojlantirish yo‘nalishi rahbari, TOP HR Academy hammuassisi va bosh direktori;
- Aleksey Ivanov — Customer Experience Laboratory asoschisi va bosh direktori;
- Rustam Sunatullayev — TEAM Executive Education ta’lim dasturlari rahbari.
Spikerlar real keyslar misolida o‘z kompaniyalari rivojiga ta’sir qilgan qarorlarni tahlil qilib, strategik vazifalarni rahbar jamoaga topshirishi mumkin bo‘lgan operatsion masalalardan qanday farqlash kerakligini tushuntirib beradilar.
Ishtirokchilar o‘z biznes-chaqiriqlariga tashxis qo‘yish, strategik qarorlarni muhokamaga olib chiqish va amaliyotchi mutaxassislardan teskari aloqa olish imkoniga ega bo‘ladilar. Shuningdek, dasturdan savol-javob sessiyasi, netvorking va spikerlar bilan norasmiy muloqot o‘rin olgan.
O‘tkazilish joyi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng ma’lum qilinadi. 15-avgustgacha bo‘lgan narx 430 ming so‘mni tashkil etadi, 16-avgustdan boshlab — 500 ming so‘m. Joylar soni cheklangan, ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.