18-avgust kuni Yandex Ads va Index reputatsion marketing agentligi brendlarning geo-xizmatlar bilan ishlashi va mahalliy targ‘ibotga bag‘ishlangan yopiq GeoMarketing Workshop Tashkent vorkshopini o‘tkazadi.
Mutaxassislar bugungi kunda geo-xizmatlarning mijozlar bilan muloqot va savdodagi o‘rni, kompaniya kartochkalari, sharhlar va reytinglar bilan qanday ishlash kerakligi, shuningdek, raqamli xaritalarda biznesning ko‘zga ko‘rinishini oshirishga qaysi vositalar yordam berishini tahlil qiladi.
Yandex Uzbekistan nomidan Yandex Maps & Navi reklamani rivojlantirish rahbari Marina Chuyko, Yandex Ads’ning agentliklar bilan biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Angelina Tsoy, Telegram’da ilgari surish uchun Yandex Ads reklama vositalari menejeri Liliya Fattohova va Yandex Ads texnik yechimlar menejeri Rasul Serik so‘zga chiqadi.
Index nomidan esa strategiya va reputatsion marketing bo‘yicha direktor Jasur Po‘latov hamda ORM-bo‘limi rahbari Shahzod Muxtorov ishtirok etadi.
Ishtirok etish bepul, joylar soni cheklangan. Tashrif buyurish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.