21-avgust kuni ALPHA’da servis modellari, savdo kanallari dizayni bo‘yicha ekspert va IDNT kompaniyasi bosh direktori Mikola Chumak ishtirokida ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘zgarishlar, O‘zbekiston bozorining o‘ziga xos jihatlari hamda ishlab chiqaruvchilar, riteylerlar va iste’molchilar o‘rtasidagi ta’sirning taqsimlanishi muhokama qilinadi. Raqobat vositasi sifatidagi mijozlar tajribasiga hamda xaridorlarning mahsulot yoki xizmat uchun haq to‘lashga tayyorligiga ta’sir qiluvchi omillarga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, Mikola Chumak 20 yildan ortiq vaqtdan beri chakana savdo tarmoqlari, banklar va servis kompaniyalari uchun xizmat ko‘rsatish modellari hamda savdo shoxobchalari formatlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanib kelayotgan IDNT kompaniyasining amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. Kompaniya mijozlari orasida Toyota, Metro Cash&Carry, Samsung, OTP Bank, Honor, Beeline, Texnomart, Korzinka, EVOS va Ishonch bor.

Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.