21-avgust kuni Toshkentda startaplar va loyiha mualliflari uchun PizzaPitch pitch-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning asosiy ekspertlari sifatida Big Sky Capital venchur fondining boshqaruvchi hamkorlari Adil Nurgojin va Jan Qarsiboyev ishtirok etadi.
Har bir ishtirokchiga loyihani taqdim etish uchun uch daqiqa, ekspertlardan fikr-mulohaza olish uchun esa yetti daqiqa vaqt ajratiladi. Bu format g‘oyani investorlarga tanishtirish, uning salohiyatini muhokama qilish va kelgusi rivojlanish bo‘yicha tavsiyalar olish imkonini beradi.
Tadbir Yandex Uzbekistan ko‘magida o‘tkazilmoqda. Ishtirok etish uchun oldindan ariza topshirish zarur.