25-avgust kuni Toshkentda Yandex Cloud o‘zining bo‘lajak hamkorlari — infratuzilma va ma’lumotlar bilan ishlovchi loyihalar, korporativ ma’lumotlar omborlari va sun’iy intellekt yechimlari ustida ishlaydigan IT-kompaniyalar va integratorlar uchun mitap o‘tkazadi.

Mutaxassislar Yandex Cloud bilan hamkorlik shartlari hamda texnologik xizmatlarni yetkazib berishning uchta modeli: bulutli, On-Premises va gibrid modellar haqida so‘zlab beradi. Tizimlarni buyurtmachining perimetri ichida joylashtirish, ma’lumotlarni nazorat qilish va axborot xavfsizligiga qo‘yiladigan yuqori talablarni inobatga olish imkonini beruvchi yangi — On-Premises yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, ishtirokchilarga dasturiy ta’minot yaratish, infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash, ML-yuklamalar va kiberxavfsizlikka oid xizmatlarni o‘z ichiga olgan Yandex Cloud texnologik platformasining imkoniyatlari ham taqdim etiladi.

Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.