9-sentyabr kuni IT Alliance assotsiatsiyasi tadbirkorlik, boshqaruv va kompaniyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan 9-biznes-nonushtasini o‘tkazadi.
Asosiy ma’ruzachi sifatida TEAM University Executive Education vakili Olga Gurova so‘zga chiqadi. U tadbirkorlik tafakkurining boshqaruv tafakkuridan qanday farq qilishi, mulkdor va rahbarga qanday vositalar kerakligi hamda strategik rivojlanish va operatsion faoliyat o‘rtasidagi muvozanatni qanday topish haqida so‘zlab beradi.
Shuningdek, qo‘lda boshqarishdan tizimli boshqaruvga o‘tish, biznes jarayonlarini yo‘lga qo‘yish va kompaniyaning kelgusi rivojlanishini ta’minlay oladigan jamoani shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Ikkinchi ma’ruzachi — IT Alliance assotsiatsiyasi raisi Rustam Toshov. U tadbirkorlik va boshqaruv borasidagi amaliy tajribasi bilan bo‘lishadi, shuningdek, uchrashuv mavzusiga doir real biznes-keyslarni tahlil qilib beradi. Ma’ruzalardan so‘ng ochiq muloqot, savol-javoblar sessiyasi va biznes-netvorking bo‘lib o‘tadi.
O‘rinlar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.