25-avgust kuni School 21'da LockerPost’ning real keysiga bag‘ishlangan StartUp Talks’ning navbatdagi soni bo‘lib o‘tadi.

Loyiha 350 dan ortiq aqlli pochtomatlar tarmog‘ini rivojlantirib, UzPost va Korzinka bilan hamkorlik qilgan, biroq oyiga qariyb 15 ming dollar xarajat qilib, bor-yo‘g‘i 400 dollar atrofida daromad keltirgan. 2024-yil fevral oyida biznesni yopishga to‘g‘ri keldi.

Shunga qaramay, texnologiyaning o‘zi rivojlanishda davom etdi va bugungi kunda kuryerlar uchun zaryadlash stansiyalari, Islom sivilizatsiyasi markazidagi saqlash kameralari hamda UzPost pochtomatlarida qo‘llanilmoqda.

Spiker sifatida texnologik tadbirkor, biznes va boshqaruv tadqiqotchisi, LockerPost, Ritmo Ring, MyToken.Uz hamda Cumulative kompaniyalar guruhi asoschisi Rustambek Asimov so‘zga chiqadi. U mahsulot bozor uchun nega ertalik qilgani, qanday xatolarga yo‘l qo‘yilgani va birgina ishlanma qanday qilib bir vaqtning o‘zida bir nechta yangi yo‘nalishda

Ishtirok etish bepul, buning uchun @school21_mainbot orqali oldindan ro’yxatdan o’tish talab etiladi.