27-avgust kuni Birinchi Business Club’da “O‘zbekiston biznesining ertangi kuni qanday bo‘ladi?” mavzusida panel sessiyasi o‘tkaziladi. Uchrashuv mamlakatda biznesni rivojlantirish istiqbollari haqida ochiq muloqot qilish uchun turli soha vakillarini bir joyga jamlaydi.
Spikerlar orasida Henley & Partners kompaniyasining Markaziy Osiyodagi vakili, investitsiyalar va xalqaro rezidentlik bo‘yicha ekspert Akram Muhammatqulov; Leading Group asoschisi, IT-infratuzilma va biznesni avtomatlashtirish sohasidagi tadbirkor Sarvarbek Toirov; CELION.IO asoschisi, IT va raqamli yechimlar sohasidagi tadbirkor Nazrullo Nutulov; Pharmline Plus asoschisi va rahbari Gavhar Muhiddinova; MacBro hamda bir qator qurilish loyihalari asoschisi Bahrom Bahodirovich bor.
Moderator sifatida ClickTV va Vortex Group asoschisi Muhammadrizo ishtirok etadi.
Ishtirokchilar O‘zbekiston biznes muhiti qay yo‘nalishda rivojlanayotgani, bozorda qanday o‘zgarishlar yuz berayotgani, tadbirkorlar uchun qanday imkoniyatlar paydo bo‘layotgani va kompaniyalar yangi sharoitlarga qay tarzda tayyorgarlik ko‘rishi kerakligini muhokama qiladi. Uchrashuv panel munozarasi hamda savol-javoblar sessiyasi shaklida o‘tadi.
Ishtirok etish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun tashkilotchilarning telefon raqamiga murojaat qilish kerak: +998 91 788 01 11.