8-sentyabr kuni ALPHA’da CEOlar biznesi haqidagi ochiq ma’ruzalar turkumidan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda tadbirkor va The Group hammuassisi Roman Sayfulin spiker sifatida ishtirok etadi. Uchrashuvda biznes o‘sishi jarayonida tadbirkorlar duch keladigan asosiy qiyinchiliklar muhokama qilinadi. Ishtirokchilar spikerning hayotiy misollari asosida kompaniya rivojlanishining turli bosqichlarida yo‘l qo‘yiladigan odatiy xatolarni va ularni o‘sish nuqtalariga aylantirish yo‘llarini tahlil qiladilar.
Biznesning kengayishga tayyorligini aniqlash, o‘sish davomida sifatni saqlab qolish, jamoaning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va qo‘lda boshqaruvdan tizimli boshqaruvga o‘tish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Roman Sayfulin noaniqlik va doimiy o‘zgarishlar sharoitida qaror qabul qilish haqida gapirib beradi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkaziladi: ishtirokchilar spikerga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari va o‘z biznes holatlarini muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi. Moderator — Alisher Jumaniyozov, ALPHA bosh direktori.
Ishtirok etish bepul, o‘rinlar soni cheklangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.