21−23-sentyabr kunlari IT Park Uzbekistan BPO sohasida faoliyat yurituvchi rezidentlari uchun Janubiy Afrika Respublikasiga biznes-tashrif tashkil etadi.

Tashrif doirasida biznes-forum va mahalliy kompaniyalar vakillari bilan B2B-uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar o‘z xizmatlarini potensial mijoz va hamkorlarga taqdim etishi, muzokaralar olib borishi hamda hamkorlikning ehtimoliy shakllarini muhokama qilishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, dastur kompaniyalarga Janubiy Afrika bozoriga chiqish istiqbollarini va biznesni Afrika yo‘nalishida yanada kengaytirish imkoniyatlarini baholashga yordam beradi.

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim. Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 90 995 00 93 telefoni orqali olish mumkin.