Joriy yilning 15−20-sentyabr kunlari o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun bir nechta sohalardagi zamonaviy texnologiyalar va xorijiy tajribani o‘rganishga bag‘ishlangan Misrga biznes-safar tashkil etiladi.
Dastur doirasida ishtirokchilar yangi yerlarni o‘zlashtirish texnologiyalari va qishloq xo‘jaligiga zamonaviy yondashuvlar bilan tanishadi, suv tejovchi sug‘orish tizimlari hamda quyosh energetikasi sohasidagi yechimlarni o‘rganadi.
Shuningdek, tadbirkorlar zavod, ishlab chiqarish korxonalari va fermer xo‘jaliklariga tashrif buyurib, u yerda chorvachilik va ozuqa ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 91 512 58 46 va +998 94 699 09 96 telefon raqamlari orqali olish mumkin.