5-sentyabr kuni Oqtepa Lavash CEO‘si Renat Fazulyanov bilan biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yirik xalqaro tarmoqlar bilan raqobat sharoitida mahalliy brendlarni rivojlantirishga bag‘ishlanadi.

Spiker tezkor ovqatlanish (QSR) sohasida 24 yillik, chakana savdo va restoran biznesini boshqarishda esa 19 yildan ortiq tajribaga ega. U turli yillarda Rossiya va MDH bozorlarida Americana Group, Yum! Brands hamda Rosinter Restaurants kabi kompaniyalarda faoliyat yuritgan.

Uchrashuvda mahalliy brendlarning afzalliklari, xalqaro o‘yinchilar bilan raqobatlashishda qanday xavf-xatarlarga duch kelishi hamda biznesni kengaytirishda qaysi strategiyalardan foydalanish mumkinligi muhokama qilinadi. Shuningdek, Renat Fazulyanov restoran biznesini boshqarish va kompaniyalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. O‘rinlar soni cheklangan. Ishtirok etish pullik, oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan.