2−4-sentyabr kunlari Toshkentda Ipak yo‘li nomli Xitoy mahsulotlarining 9-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir Central Asia Exhibition Center (CAEx) majmuasida o‘tkaziladi. Ko‘rgazmada Xitoydan 200 ga yaqin korxona ishtirok etishi kutilmoqda. U O‘zbekiston va Xitoy tadbirkorlari o‘rtasida savdo va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirish, hamkorlar izlash hamda yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun platforma vazifasini o‘taydi.

Asosiy yo‘nalishlar qatoridan intellektual ishlab chiqarish va raqamli texnologiyalar, yashil energetika va energiya tejamkorligi, qishloq xo‘jaligi va agrotexnika, qurilish materiallari va muhandislik uskunalari, tibbiyot texnikasi va sog‘liqni saqlash, avtomobil ehtiyot qismlari, yengil va to‘qimachilik sanoati, shuningdek, iste’mol tovarlari o‘rin olgan.

Ko‘rgazma doirasida, shuningdek, B2B-uchrashuvlar, soha forumlari va ixtisoslashtirilgan taqdimotlar ham bo‘lib o‘tadi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +998 78 150 60 06.