9−10-sentyabr kunlari Toshkentda “Tezkor soliq o‘zgarishlari 2026” nomli amaliy seminar bo‘lib o‘tadi. U buxgalterlar, kompaniya rahbarlari, auditorlar va soliq hisobi bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Dasturdan aylanmadan olinadigan soliqning yangi chegarasi, QQS va foyda solig‘i qoidalari, qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda hisob-kitoblarga doir cheklovlar o‘rin olgan. Shuningdek, soliq organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar va qo‘shimcha hisoblashlar xatarlari hamda kompaniya hisobi va hisob-kitoblarini tekshirish algoritmi alohida ko‘rib chiqiladi.
Seminarda soliq organlarida 25 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan, soliqqa tortish va buxgalteriya hisobi bo‘yicha biznes-trener Gulnora Ergasheva spiker sifatida ma’ruza qiladi. Tahlillar amaliy vaziyatlar va hisob-kitoblarga asoslanadi, qatnashchilar esa o‘zgarishlarni joriy etish bo‘yicha chek-listga ega bo‘ladilar.
Ishtirok etish pullik, oldindan ro’yxatdan o’tish zarur.