8−10-sentyabr kunlari Toshkent shahrida to‘qimachilik va yengil sanoat uskuna va texnologiyalarining xalqaro CAITME 2026 ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Tashrif buyuruvchilar ishlab chiqarishning turli bosqichlariga oid yechimlar bilan tanishish, uskunalarning ish jarayonini kuzatish hamda ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik shartlarini bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ko‘rgazma ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishni rejalashtirayotgan, yangi uskunalar yoki texnologik yechimlar izlayotgan to‘qimachilik, trikotaj va tikuvchilik sanoati korxonalariga mo‘ljallangan.

Oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali ko‘rgazmaga tashrif buyurish bepul.