18−20-sentyabr kunlari YARD Business Club Adizes Instituti bilan hamkorlikda biznes egalari, CEO va top-menejerlar uchun uch kunlik yopiq sayyor intensiv tashkil etadi. Dastur Adizes metodologiyasini bevosita ishtirokchilarning kompaniyalarida amaliy qo‘llashga asoslangan.
Birinchi kuni ishtirokchilar biznesning rivojlanish bosqichini aniqlab, jamoaning boshqaruv uslublari va asosiy xatarlarni tahlil qiladilar. Ikkinchi kun tizimli diagnostikaga bag‘ishlanadi: muammolarning asl sabablarini izlash, ustuvor vazifalarni belgilash va o‘zgarishlar strategiyasini shakllantirish.
Yakuniy kunda kompaniyaning tuzilmasi, vakolat va mas’uliyat taqsimoti, rahbarlarning roli, samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda rag‘batlantirish tizimi ko‘rib chiqiladi. Natijada ishtirokchilar o‘z biznesini transformatsiya qilish rejasini shakllantirib oladilar.
Ishtirok etish narxi 8 million 500 ming so’mni tashkil etadi. Bunga turar joy, ovqatlanish, o’quv materiallari va dastur kiradi. Ishtirok etish uchun oldindan ro’yxatdan o’tish talab qilinadi.