29-sentyabr kuni Toshkentda AICA bilan hamkorlikda tashkil etilgan yopiq AI-lanch bo‘lib o‘tadi. Tadbir sun’iy intellektdan allaqachon foydalanayotgan yoki uni o‘z jarayonlariga joriy etishni rejalashtirayotgan biznes vakillari va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Dasturdan O‘zbekistonda AIning rivojlanishi va AI-loyihalar uchun infratuzilma haqidagi qisqa ma’ruzalar o‘rin olgan. Shuningdek, ekspertlar aniq vazifalar uchun infratuzilmani qanday tanlash va undan foydalanish xarajatlarini optimallashtirish haqida so‘zlab berishadi.

Asosiy dasturdan so‘ng ishtirokchilar netvorking doirasida ekspertlar va tadbirning boshqa mehmonlari bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishadi.

Ishtirok etish uchun oldindan ariza qoldirish lozim.