Joriy yilning 27−29-sentyabr kunlari Ar-Riyod shahrida oziq-ovqat sanoati va ichimliklar ishlab chiqarishga bag‘ishlangan SaudiFood Show 2026 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik ishtirokchilarga o‘z mahsulotlarini Made in Uzbekistan milliy stendida namoyish etish taklif qilinadi. Ko‘rgazma yangi eksport bozorlarini izlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mahsulotlarni xorijiy xaridorlar va distribyutorlar orasida ilgari surish uchun platforma vazifasini o‘taydi.

Ishtirokchilarga “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tashkiliy va amaliy yordam ko‘rsatiladi.

O‘rinlar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ariza topshirish zarur. Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish kerak: +998 71 207 04 06 (113).