3-oktyabr kuni Toshkentda Profi Training kompaniyasi “Buxgalteriya stendapi"ni o‘tkazadi. Tashkilotchilar besh mamlakatdan 300 ga yaqin buxgalter va moliya direktorini (CFO) kutmoqda. Dasturdan 12 nafar xalqaro va mahalliy ekspertning chiqishlari o‘rin olgan.

Spikerlar orasida soliq maslahatchilari Irodaxon Abbosxonova va Lola Karimova, ACCAning Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston va Armaniston bo‘yicha rahbari Janna Iskenova, TBC Bank Uzbekistan bosh buxgalteri Olesya Faxritdinova, MHXS bo‘yicha ekspert Kamila Bigojina va boshqa mutaxassislar bor.

Raqamli transformatsiya, MHMS va MHXS, shuningdek, kasbiy rivojlanish dasturning asosiy yo‘nalishlari bo‘ladi. Ekspertlar ma’ruzalaridan tashqari, amaliyotdagi real holatlar tahlili va netvorking ham ko‘zda tutilgan.

Ishtirok etish narxi tanlangan tarifga qarab 1 500 000 so‘mdan 3 500 000 so‘mgachani tashkil etadi.