24-sentyabrdan 3-oktyabrgacha Bokuda Biz Network va CAMCA Network tomonidan o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun tashkil etilgan xalqaro biznes dasturi bo‘lib o‘tadi.
Dasturning asosiy voqeasi 25 dan ortiq mamlakatdan 350 dan ziyod ishtirokchini birlashtiradigan CAMCA Regional Forum bo‘ladi. Ular orasida davlat tuzilmalari va xalqaro tashkilotlar, investitsiya fondlari vakillari, tadbirkorlar va yirik kompaniyalar bor.
Dastur doirasida xalqaro ishbilarmonlik va investitsiya hamjamiyati vakillari bilan B2B uchrashuvlar va netvorking rejalashtirilgan. Shuningdek, ishtirokchilar yangi loyihalar va mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi.
Ishtirok etish shartlari va dastur tafsilotlari ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng taqdim etiladi. Murojaat uchun: +998 50 015 66 39, +998 90 900 42 25, +998 90 035 05 52.