30-sentyabr kuni UEnter’da kreativ iqtisodiyotda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan Women Cup ta’lim dasturining Demo Day tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilar 124 ta ariza orasidan 35 ta loyihani tanlab olishdi. Olti hafta davomida ishtirokchilar 14 ta ta’lim sessiyasida qatnashishdi, mahalliy va xalqaro mentorlar bilan ishlashdi hamda sayyor tadbirlarda ishtirok etishdi.

Demo Day’da 12 nafar finalchi o‘z loyihalarini ekspertlar hakamlar hay’atiga taqdim etadi. Shuningdek, mehmonlar uchun ishtirokchilarning mahsulotlari namoyish etiladigan ko‘rgazma pavilyoni ishlaydi va loyiha asoschilari bilan muloqot qilish imkoniyati yaratiladi.

Dastur yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi ishtirokchilar Dubai Design Week 2026 xalqaro festivalida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Ishtirok etish bepul. Tashrif buyurish uchun oldindan havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.