30-sentyabrdan 1-oktyabrgacha Ulan-Batorda Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida CAREC Business Forum 2026 bo‘lib o‘tadi.

Forum xususiy sektor, mintaqa mamlakatlarining davlat tuzilmalari, biznes uyushmalari, investitsiya hamjamiyati va hamkor tashkilotlarning 250 ga yaqin vakillarini birlashtiradi.

Asosiy yo‘nalishlar energetika va qayta tiklanadigan energiya manbalari, transport va logistika, shuningdek, kritik ahamiyatga ega minerallar hamda ularni qayta ishlashdan iborat bo‘ladi.

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.