29−30-sentyabr kunlari Xiva shahrida O‘zbekiston va Belarus xotin-qizlarining to‘rtinchi biznes-forumi doirasida “Made in Uzbekistan” va “Made in Belarus” milliy ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston ekspozitsiyasi qariyb 500 kv. metrni egallaydi va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, farmatsevtika, elektrotexnika, IT, turizm, hunarmandchilik, avtomobilsozlik kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Xuddi shunday maydonda Belarus kompaniyalari oziq-ovqat va yengil sanoat, mashinasozlik, energetika, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar mahsulotlarini namoyish etadi.

Ishbilarmonlik dasturida importyorlar va eksportyorlarning B2B uchrashuvlari, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha muzokaralar va investitsiya loyihalari taqdimotlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ishtirokchilar shartnomalar va hamkorlik memorandumlarini tuzish masalalarini muhokama qilishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +998 77 004 00 06, +998 99 171 22 39.