3−4-oktyabr kunlari Toshkentda reklama, marketing, dizayn, brending, kommunikatsiya va prodakshn sohalari mutaxassislariga mo‘ljallangan Jolbors Festival 2026 xalqaro festivali o‘tkaziladi. Bu yil tadbir o‘zining 15 yilligini nishonlaydi.
Ikki kun davomida ishtirokchilarni Janubiy Koreya, Hindiston, Pokiston, Tailand, Rossiya, Tayvan, Filippin, BAA, Yaponiya, Niderlandiya, Singapur, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan ekspertlarning ma’ruzalari hamda chiqishlari kutmoqda.
Spikerlar orasida hakamlar hay’ati raisi, 2kg asoschisi va Cheil kompaniyasining sobiq ijrochi kreativ direktori Tomas Xongtak Kim; Elephant Design’ning dizayn bo‘yicha direktori Mayuri Nikumbx; BBDO Pakistan bosh direktori va kreativ direktori Atiya Zaidi; VML Taiwan kreativ direktori Lulu Lu; Droga5 Tokyo kreativ direktori Masaya Asai hamda Wieden+Kennedy Amsterdam kreativ direktorining o‘rinbosari Dasha Ovechkina bor.
Shuningdek, dasturdan Mastercard’ning mijozlarni jalb qilish va qamrab olish bo‘yicha katta vitse-prezidenti Xaysam Fahmiy; Coca-Cola'ning Markaziy Osiyo va Kavkazdagi marketing rahbari Butul Rezvi; NUTs kreativ hamkori va hammuassisi Supparat Tepparat; RLVNT Strategy asoschisi va bosh direktori Anna Levant; Lennon Group asoschisi, bosh direktori va kreativ direktori Raymund Sison; V4GOOD asoschisi va kreativ direktori Vidya Manmohan; Burson Singapore kreativ direktori Jeyms Keng Lim hamda Sambal Lab asoschisi Balrit Gill o‘rin olgan.
Ta’limiy dasturdan tashqari, reklama, marketing, kreativ va dizayn sohalaridagi eng yaxshi loyihalarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tadi. Xalqaro hakamlar hay’ati, shuningdek, fikr-mulohaza sessiyalarini o‘tkazadi. Dasturga professional netvorking va soha vakillari uchun ikkita afterparty kiritilgan.
24-avgustdan 20-sentyabrgacha chipta narxi soliqlar hisobga olinmagan holda 280 AQSh dollarni tashkil etadi. 21-sentyabrdan 26-sentyabrgacha narx soliqlar hisobga olinmagan holda 310 AQSh dollari bo‘ladi.